Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in pallada
14:14 / 2025-09-22

Filippinning Pasay shahrida voleybol bo‘yicha jahon chempionatining 1/8 final bahslari davom etmoqda.

Mazkur bosqichning dastlabki uchrashuvlarida Turkiya 3-1 hisobida Niderlandiyani taslim etgan bo‘lsa, Polsha va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3-1 hisobida yakunlandi. Shuningdek, Italiya 3-0 hisobida Argentinani, Belgiya esa ushbu hisobda Finlyandiyani mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, dunyo birinchiligining chorak final bahslarida ilk juftliklar nomi aniq bo‘ldi. Ushbu bosqichda Polsha – Turkiya, Italiya – Belgiya terma jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi.

Jahon chempionatining 1/8 finali bugungi dasturidan Bolgariya – Portugaliya, AQSH – Sloveniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘rin olgan bo‘lsa, ertaga, 23 sentyabr kuni Tunis – Chexiya, Serbiya – Eron uchrashuvlariga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA