Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol boʻyicha jahon chempionati qizgʻin oʻtmoqda
12:50 / 2018-10-04

Yaponiyada xotin-qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha oʻtayotgan jahon chempionatining guruh bosqichi bahslar oʻtkazilmoqda.


Yaponiyada xotin-qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha oʻtayotgan jahon chempionatining guruh bosqichi bahslar oʻtkazilmoqda.

Yokogama shahrida chempionatning “A” guruhidan joy olgan jamoalar bahslashmoqda. Unda Argentina terma jamoasi Gollandiyaga, Meksika esa Germaniyaga 0-3 hisobida magʻlub boʻldi. Yaponiyaliklar Kamerun termasi ustidan 3-0 hisobida zafar quchdi.

“B” guruhidagi oʻyinlar Sapporo shahrida oʻtkazilmoqda. Ushbu guruhda Turkiya kutilmaganda Italiyaga 0-3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Kanada – Kuba va Xitoy – Bolgariya oʻyini bir xil 3-1 hisobida yakunlandi.

“D” guruhida Puerto-Riko – Dominikan Respublikasi, Qozogʻiston Serbiya, Keniya – Braziliya uchrashuvlari 0-3 hisobida yakunlandi. “C” guruhida Rossiya va Janubiy Koreya 3-0, Ozarbayjon va Trinidad va Tobago 3-0, AQSH –Tailand 3-2 hisoblari qayd etildi.