Voleybol: andijonlik qizlar, qashqadaryolik yigitlar O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, shu yilning 2-8 aprel kunlari Nukus shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati, 2-o‘rinni Farg‘ona viloyati, 3-o‘rinni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari egalladi.


Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘ringa Andijon viloyati, 2-o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 3-o‘ringa Xorazm viloyati jamoalari sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
N.Rahmonova, O‘zA