Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: 17 jamoa Oliy liga 1-tur o‘yinlarida bahslashmoqda
12:46 / 2026-01-28

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” va “Jar” sport sog‘lomlashtirish majmualarida erkaklar jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy liga, 1-tur bahslari davom etmoqda.

Kecha 17 ta jamoa ishtirok etayotgan mamlakat chempionati 1-tur o‘yinlarining guruhlardagi navbatdagi kungi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“Jar” sport majmuasida “A” va “B” guruhidagi bahslarda IIB Akademiya jamoasi Andijon davlat texnika universiteti jamoasini, “ROAD PATRUL” vakillari Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasini, “Humo” jamoasi “Parvoz” voleybolchilarini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, Jizzaxning “Ziyokor” jamoasi Qashqadaryoning “Lochin” jamoasini 3:1 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.

[gallery-27330]

“Olimpiya shaharchasi”dagi musobaqalarda “S” va “D” guruhi vakillari kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan o‘yinlarda AGMK Samarqand davlat pedagogika instituti vakillariga(1:3), farg‘onaliklar Xorazm voleybolchilariga(2:3), Qoraqalpog‘iston jamoasi buxoroliklarga(1:3), “So‘g‘diyona-konchi” jamoasi “O‘ztelekom”ga(1:3) imkoniyatni boy berdi.

Bugun, 28 yanvar kuni Oliy liga 1-tur o‘yinlarining yettinchi kungi musobaqalarida 8 ta juftlikdagi jamoalar ro‘baro‘ keladi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy liga bahslari 5 ta turdan iborat bo‘lib, o‘yinlarni boshqarib borish uchun 16 nafar malakali hakamlar ish olib bormoqda.

1-tur musobaqalari ertaga 29 yanvar kuni yakunlanadi.

T.Ro‘ziyev,

A.Mamadaminov(surat),

O‘zA