Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voil Al AVAR: Buxoro biyennalesi mo‘’jizaviy O‘zbekiston ma’morchiligini namoyish etmoqda (+video)
18:03 / 2025-09-07

Shu kunlarda Markaziy Osiyoning eng diqqatga sazovor madaniy tashabbusiga aylanayotgan ilk xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi butun dunyo rassomlari va ustalarini ijodiy muloqot qilish, fikr almashish uchun Buxoroga jamlagan.

Anjumanning me’morchilik konsepsiyasi BAA “WaiWai” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Fursatdan foydalanib, tadbir ijodiy direktori Voil Al-Avar bilan suhbatlashdik:

— Buxoro shahrida ilk bor o‘tayotgan zamonaviy san’at biyennalesining ahamiyati nimada, deb o‘ylaysiz?

— Avvalo, bizga samimiy mehmondo‘stlik ko‘rsatgani uchun o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildiraman. Buxoro azaldan turli sivilizatsiya, madaniyat va an’analar chorrahasi hisoblanadi. Shuning uchun ham anjuman ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otyapti. Odamlar hayrat bilan kuzatayotganini ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Fursatdan foydalanib, barchani san’at shaydolari uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturimizni tomosha qilishga taklif etamiz.

— Biyennale doirasida qanday tadbirlar rejalashtirilgan?

— Har kuni bir vaqtning o‘zida turli tadbirlar o‘tadi. Masalan, san’at, dizayn, pazandalik, raqs, musiqa  yo‘nalishlarida yangi-yangi dasturlar taqdim etilyapti. Bu jarayon o‘n haftadirki, davom etyapti. Yaqin 2-3 kun ichida esa Buxoroning tarixiy hududlari — karvonsaroy, masjid va madrasalar tub aholi va mehmonlar uchun eng yodda qolarli maskanlarga aylanadi. Shuningdek mahalliy va xorijiy rassomlar ko‘rgazmasi ham namoyish etiladi.

— Sizni yirik xalqaro anjumanlar tashabbuskori sifatida yaxshi bilamiz. Jumladan, diyorimizda ham ko‘plab loyihalarni boshqargansiz. Mamlakatimiz tarixiy merosi sayyohlar uchun qay darajada muhim, deb bilasiz? Ular O‘zbekistonda o‘zlari uchun nimalarni kashf etishadi?

— Jahon tarixidan beqiyos o‘rin egallagan davlatlardan biri sanaladigan O‘zbekiston madaniyati va san’ati, buyuk o‘tmishi bilan mashhur. Bu zamindan tibbiyot, falakiyot, me’morchilik sohalarida tengsiz olimlar yetishib chiqqan. Ayniqsa, O‘zbekiston arxitekturasi haqiqiy mo‘’jiza. Ayni jihat sayyohlar uchun qiziq, mutaxassislar uchun esa namuna. Biz bu tarixni chuqur o‘rganib, mavjud boy merosni, xalqning o‘zligi va kelajagi bilan bog‘liq qadriyatni asrab-avaylashimiz zarur.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/lTekG6Dc-Lg" title="Vael Al AVAR: Buxoro biennalesi O`zbekiston ma’morchiligidagi mo`’jizani namoyish etmoqda " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Biyennale doirasidagi qiziqarli tadbirlarni O‘zA orqali muntazam kuzatib boring!

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA