FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida do‘stlik festivali o‘tkazildi. Unda vohadagi tojik, rus va turkman milliy madaniy markazlarining vakillari hamda ukrain, qozoq va qoraqalpoq millatiga mansub fuqarolar o‘zlarining milliy qo‘shiq va raqslari bilan yig‘ilganlarga xursandchilik ulashdi.
[gallery-24559]
“Millatlararo do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida tashkil etilgan tadbir ochilishida so‘z olganlar mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllanganligini e’tirof etdi. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning huquq hamda erkinliklari qonun yo‘li bilan himoyalanganligi, ularning an’ana va urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratib berilganligi ta’kidlandi.
Yurtimizdagi millatlararo do‘stlik, barcha millat vakillarining emin-erkin faoliyati, intilishlari tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘ziga xos tarzda aks ettirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA