FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi san’at saroyining old sahnasida tashkil etilgan bugungi targ‘ibot tadbirda minglab yoshlarning faolligi kuzatildi. Ushbu tadbir 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy voqelik – bo‘lajak referendum oldidan konstitutsion islohotlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.
Viloyatning turli hududlaridan kelgan yoshlar va aholi vakillari qiziqarli savol-javoblar davomida yurt taqdiriga befarq emasligini, bo‘lajak referendum jarayonlarida fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilib, unda faol ishtirok etishini ta’kidladi.
Estrada yulduzlari va el suygan san’atkorlar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
[gallery-11589]
Konsert dasturi barchaga yanada jo‘shqinlik ulashgan mushakbozlik bilan yakunlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA