Farg‘ona tumani aholisi malinachilikda o‘ziga xos tajribaga ega bo‘lib, keyingi yillarda tuman mirishkorlari mahalliydan tashqari eksportbop navlardan ham yuqori hosil va daromad olishga erishyapti.
Tumandagi “Alpomish Xosiyatxon” bog‘dorchilik xo‘jaligining 14 gektarida malina parvarish qilinadi. E’tiborlisi, bu yerda malinadan yiliga uch marotaba hosil olinmoqda.
- Malina eksportini oshirish hamda jahon bozorlariga yetkazib berish maqsadida 2024 yilda Italiya davlatidan 2 ming dona yangi navli ko‘chatlar olib kelinib parvarish qilindi, - deydi bog‘dorchilik rahbari Elyor Nishonov. - Hozirda ushbu navlar hosildorligi yaxshi. Bundan tashqari 4 ta issiqxonaga ham ekkanmiz. Oldinlari ochiq dalada 2 marta hosil olgan bo‘lsak, endilikda issiqxonalarda parvarish qilinayotgan malinalardan 3 marta hosil olib, qish mavsumida ham bozorlarimizga rezavor meva yetkazib beramiz.
[gallery-24897]
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda Farg‘ona tumanidagi 15 dan ziyod mahallalarning 6910 ta xonadonida jami 654 gektar maydonda malina yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Malina ko‘chatlarini zararkunandanlardan samarali himoya qilish hamda hosilni eksportga tayyorlash jarayonida Farg‘ona viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari yaqindan ko‘mak bermoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5-hUWBTrGZc" title="Vodilliklar malinaning eksportbop navidanyiliga uch marotaba hosil olmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat, video), O‘zA