Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vodildagi ming yillik chinor
09:59 / 2026-01-10

FOTOREPORTAJ

Chinor daraxti tabiatning betakror mo‘’jizalaridan biri. Ming yildan ziyod yashovchi chinorlar o‘zining baquvvat tanasi, keng yoyilgan ulkan shox-shabbalari va viqorli qiyofasi bilan insonni hayratga soladi.

Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘ida ana shunday ko‘p yillik chinor daraxti bor. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, mazkur daraxtning yoshi deyarli ming yilga teng bo‘lib, u necha-necha davrlar almashinuviga guvoh bo‘lgan. 

“Chinor tagi” istirohat bog‘idagi  bu azim chinor daraxti nafaqat tabiiy yodgorlik, balki hududning tarixiy va ma’naviy ramzi sifatida ham e’tirof etiladi. Uning yonida Xo‘ja Ahmad Valiy maqbarasi hamda tuman tarixiy muzeyi joylashgan. Bu yerda tumanning boy tarixi, ajdodlar hayoti va madaniy merosi aks etgan. Shu bois mazkur hududga nafaqat mahalliy aholi, balki xorijdan kelayotgan sayyohlar ham katta qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, yo‘l bo‘yida qad rostlagan masjid binosi ham o‘ziga xos me’moriy ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Bu maskanlar birgalikda Vodil qishlog‘ining tarixiy, ma’naviy va sayyohlik salohiyatini namoyon etadi. 

[gallery-27050]

Ming yillik chinor davlat tomonidan muhofazaga olingan bo‘lib, bu kelajak avlod uchun noyob tabiiy yodgorlikni but holda saqlab qolishga xizmat qiladi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA