French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vobkent tola klaster” MCHJ: ishlab chiqarish hajmi yildan yilga ortadi
16:13 / 2023-08-17

Prezidentimizning Buxoroga tashrifi doirasida Buxoro viloyatida bir qator tekstil korxonalari ish boshladi.

Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi “Vobkent tola klasteri” yirik sanoat quvvatlaridan biri. Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu korxonaning ham yangi loyihasiga start berildi. Birinchi bosqichda ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Keyingi bosqichda esa gazlama va tayyor mahsulotlar yetkazib beriladi.      

So‘nggi yillarda paxta to‘qimachilik klasterlari jamiyat hayotida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Davlatimiz rahbari Buxoroga tashrifi davomida ishga tushirgan loyihalarning kattagina qismi ham aynan klasterlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yangi loyihalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Vobkent tumanidagi “Buxoro Global mega teks” hamda “Buxoro Agroklasterlari” ta’sischiligida  tashkil qilingan “Vobkent tola klasteri” MCHJ ham istiqbolda katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan. Loyiha umumiy qiymati 500 million dollarga teng. Korxona yiliga 9 ming 900 tonna tayyor kalava ishlab chiqarish imkoniga ega. Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan so‘nggi rusumdagi dastgohlar keltirib o‘rnatilgan.  

–Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan ruhlangan holda modernizatsiya ishlarini amalga oshirdik, – deydi korxona rahbari Abdulaziz Sultonov. – Loyihaning umumiy qiymati 50 million AQSH dollariga yetib, yillik 10 ming tonnagacha ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldik. Buning natijasida 700 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.    

Jamiyat Turkiya hamda Yevropa davlatlariga eksportni amalga oshirish bo‘yicha bir qator shartnomalarga ega. Mazkur korxona tomonidan keyingi bosqichda gazlama mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Asosiysi, ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida qo‘shimcha 1 000 dan ortiq xotin-qizlar bandligi ta’minlanadi. Hozirda xorijlik mutaxassislar ishtirokida jamiyat faoliyatini yanada kengaytirish ustida ish olib borilyapti.

– O‘zbekistonda o‘n olti yildan buyon mehnat qilyapman, – deydi pokistonlik korxona texnologi Ali Sial. – Ishim sifat bo‘yicha nazorat qilishdan iborat. Korxonamiz mahsulotlari Turkiya, Xitoy, Rossiya va Yevropa davlatlariga  eksport qilinmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirishni  rejalashtiryapmiz.    

[gallery-13146]

Ahamiyatli tomoni, Prezident tashrifi doirasida ish boshlagan har bir loyiha Buxorodagi yuzlab aholi uchun aniq ish o‘rinlariga asos bo‘ldi. Bu bilan xuddi shuncha oilalar moddiy manfaatdorligi oshishi, turmush sharoitlari yanada yaxshilanishiga zamin yaratildi.  

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA