"Vladivostok-2022": 11 ta oltinning zahmati
Bugun, 2 avgust kuni Vladivostokda davom etayotgan «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlarida O‘zbekiston sport jamoasi 16 ta medalga, ya’ni 11 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bu, mamlakatimiz sportchilarining salohiyati, betinim mehnati, g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish qildi.
Mazkur muvaffaqiyatli odimdan so‘ng O‘zbekiston sport delegatsiyasi 20 dan oshiq jamoalar orasida umumjamoa hisobida kuchli uchlikka ko‘tarilgan bo‘lsa, davlatlar orasida Rossiyadan keyin 2-o‘rinni band etishga musharraf bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun musobaqalar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston sport vakillari erkin kurash, dzyudo, yengil atletika sport turlarida qimmatli medallarni qo‘lga kiritdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA