Vladimir Zelenskiy va Angela Merkel qanday masalalarni muhokama qiladi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Germaniya kansleri Angela Merkel “Shimoliy oqim-2” loyihasi amalga tatbiq etilganidan keyin Berlin tomonidan beriluvchi kafolatni muhokama qiladi.
Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov shu haqda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
“Merkelning 22 avgustdagi Kiyevga tashrifi chog‘ida Zelenskiy kansler bilan tarmoq ishga tushganidan so‘ng Rossiyaning ehtimol tutilgan monopol harakatlariga nisbatan Germaniyaning kafolatini muhokama qiladi”, dedi Nikiforov brifingda.
U, shuningdek, Zelenskiy Merkel bilan Ukraina sharqidagi havfsizlikka doir masalani ham, albatta, ko‘rib chiqishini aytdi.