“Vladimir Putinning Ukraina haqidagi maqolasi tarixiy dalillarga asoslanadi”
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina haqidagi maqolasi tez orada e’lon qilinadi. “Prezident Putin davlatlarimiz uchun, birgalikdagi milliy kod uchun va kelajak uchun chindan-da muhim bo‘lgan jihatlarin yozadi”, dedi Peskov “Rossiya 1” kanali efiridagi chiqishida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident maqolaning yozilishida zarur deb bilgan mutaxassislarning tegishli maslahatlarini oladi.
“U, har doimgidek, qandaydir uydirmalarga emas, tarixiy dalillar va jarayonlarga asoslanadi”, dedi Peskov.