Vladaning navbatdagi g‘alabasi
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Isroilda o‘tkazilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Vlada Yekshibarova va rossiyalik Olga Doroshina muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Isroilda o‘tkazilgan xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Vlada Yekshibarova va rossiyalik Olga Doroshina muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Mazkur juftlik turnir musobaqalarida rossiyalik tennischilar Sofiya Salimova va Sofiya Vaynberg, ruminiyalik Teodora Kadar va moldovalik Yuliya Xelbet, isroillik Alona Pushkarevskaya va rossiyalik Darya Lodikovani yengib, finalga chiqdi.
Final uchrashuvida V.Ekshibarova va O.Doroshinaga AQSh vakili Alekmandra Morozova hamda chexiyalik Barboro Stefkova qarshilik ko‘rsatdi. Keskin bahslarga boy o‘tgan o‘yinda Vlada va Olga raqiblarini har ikkala setda 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.