Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viyetnamda 135 ming o‘rinli stadion qurilmoqda
20:38 / 2026-02-08

Bu dunyodagi eng katta ikkinchi stadion bo‘ladi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreyadagi 1-may stadioni 150 ming kishiga mo‘ljallangan. Xanoydagi loyiha undan biroz kichikroq bo‘lib, Chon Don deb nomlanadi. 

Vietnam Express ma’lumotiga ko‘ra, bu ulkan sport majmuasi Osiyo o‘yinlari va hatto Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. 

Asosiy arena 2030 yilga qadar, qolgan binolar esa 2035 yilga qadar quriladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 38 milliard dollarni tashkil etadi. 

Stadion dizayni Viyetnam madaniyatining ramzi sanalgan dong son barabanlaridan ilhomlangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vqsSf_7SE14" title="Vietnamda 135 ming o`rinli stadion qurilmoqda. Bu dunyodagi eng katta ikkinchi stadion bo`ladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Karim Xudoyqulov, O‘zA