Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vitse-prezident Mayk Pens parda ortida ham omma oldidagidek itoatkor va bosiqmi?
16:17 / 2020-11-03

61 yoshli Vitse-prezident Mayk Pens AQSHning Indiana shtatidan chiqqan siyosatchi.


61 yoshli Vitse-prezident Mayk Pens AQSHning Indiana shtatidan chiqqan siyosatchi. 

Sobiq kongressmen, sobiq gubernator. Prezident Donald Tramp qanday muammolar bilan yuzlashmasin, uning oldida turadi, sodiq muovin.

Tramp uni vitse-prezidentlikka tanlaganida respublikachilar hayron boʻlmagan. Bosiq va sabr-qanoatli Pens bu lavozim uchun ayni odam, deya olqishlashgan. Hozir ham quvvatlov kuchli.

Pens Tramp suyanadigan togʻ, deydi tarixchi-tahlilchi Jol Goldshteyn.

“Pens prezidentning maslahatchisi. Kongress bilan yaqindan ishlaydi. Diplomatlik ham qiladi".

Koronavirus tarqalar ekan, Pens unga qarshi kurash komissiyasiga raislik qildi. Tramp maʼmuriyat nimaiki chora koʻrsa-koʻrmasa, Pens uni tushuntirdi. Eng ogʻir savollarga u javob berishga urindi.

“Maktablarni qayta ocha olamiz. Bolalar xavf ostida emas", dedi Pens.

AQSHda vitse-prezidentlar har doim ham bu qadar faol boʻlmagan. Jon Kennedi prezidentligida Lindon Jonson jonbozlik koʻrsatgan. Oxirgi bir necha oʻn yillikda vitse-prezidentlarning roli oshdi.

“Vitse-prezidentlik lavozimining ahamiyati Karter-Mondeyl Oq uyda boʻlgan davrda kuchaydi”, deydi Goldshteyn.

Yaʼni 1970-yillar oxiri 1980-yillarning boshida. Volter Mondeyl Prezident Jimmi Karterning suyangan togʻi boʻlgan. Undan keyingi vitse-prezidentlar, har ikki partiyadan ham, shu yoʻldan bordi. Yaqin maslahatchi, faol.

Dik Cheyni vitse-prezident sifatida Prezident Jorj Bushning har bir qarori ortida turdi, deydi tahlilchilar, ham tashqi ham ichki siyosatda.

"Tramp Dik Cheyni singari vitse-prezidenti boʻlishini aslo xohlamadi. Pens prezident istagan masalalar ustida ishlaydi, u bergan vazifalarni bajaradi. Tramp hokimiyatda bir oʻzi boʻlishini, vitse-prezident uning iznidan chiqmasligini istaydi”, deydi Reb Braunell.

Dindor Pens oʻzi singari konservativ amerikaliklarni Tramp taʼsiri ostida ushlab turibdi.

Pens Trampning immigratsion siyosatini targʻib qilib kelmoqda. Eng yuqori lavozimlarga sodiq insonlar kelishini taʼminlamoqda. Rossiyaga nisbatan Trampga qaraganda keskinroq munosabatda, lekin buning taʼsiri sezilmaydi. Ayollarga nisbatan yondashuvda ham prezidentdan farq qiladi.

Lekin tahlilchilar bu masalada ham uning taʼsirini koʻrmaydi.

“Pens kuchli vitse-prezident emas. Oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turgani yoʻq. Prezident nima desa, shuni qiladi”, deydi Goldshteyn.

Ayrim tahlilchilarga koʻra, Pens norozilik namoyishlarida qurolli kuchlar safarbar etilmasligi uchun harakat qilgan. Pens, ular nazarida, kuch ishlatishga ehtiyotkorlik bilan yondashadi.

Vitse-prezident parda ortida ham omma oldidagidek itoatkor va bosiqmi? Agar shunday boʻlsa, uning taʼsirini yuqori deb baholay olmaymiz, deydi siyosatdonlar. Tramp uning oʻrniga boshqasini tanlamagani Pensdan minnatdor ekanini anglatadi.

Navbahor IMOMOVA, jurnalist – “Amerika ovozi”