Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vitaliy Pakermanov: Rossiyada har uchinchi chiroq aynan shu "ZiO-Podolsk" zavodida ishlab chiqarilgan jihozlar yordamida yonadi (+video)
21:35 / 2025-09-25

Jahon atom haftaligi doirasida jurnalistlar uchun Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatida joylashgan "ZiO-Podolsk" mashinasozlik zavodiga press-tur tashkil etildi. Unda zavodning imkoniyatlari va ishlab chiqarish jarayonlari namoyish etildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, "ZiO-Podolsk" 1952-1954 yillarda dunyodagi ilk atom elektr stansiyasini (Obninsk shahri) qurishda ishtirok etgan va shundan buyon AES uchun uskunalar ishlab chiqarish hamda yetkazib berish sohasida Rossiyaning yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. 

Zavod reaktor korpuslari, bug‘ generatorlari, separator-bug‘ qizdirgichlari, turli bosimdagi qizdirgichlar, issiqlik almashinuvlari, filtrlar va boshqa ko‘plab jihozlarni tayyorlaydi.

2007 yildan buyon korxona "Rosatom" davlat korporatsiyasining mashinasozlik divizioni tarkibida faoliyat yuritadi. 2014-2016 yillarda esa zavod dunyodagi eng zamonaviy kema reaktor qurilmasi - "RITM-200" asosiy uskunalarini ishlab chiqarib, yetkazib berdi.

"Rosatom" mashinasozlik divizioni "Kichik quvvatli atom stansiyalari" loyiha ofisi direktori vazifasini bajaruvchi Vitaliy Pakermanov qayd etganidek, "ZiO-Podolsk" Rossiyadagi eng yirik xoldinglardan biri bo‘lib, atom stansiyalari uchun zarur jihozlarni ishlab chiqaradi.

– Rossiyada har uchinchi chiroq aynan shu zavodda ishlab chiqarilgan jihozlar yordamida elektr energiyasi bilan yonadi. Biz tayyorlaydigan uskunalar "Rosatom" ishtirokidagi barcha qurilishlarda qo‘llaniladi, – dedi u.

Zavodda 22 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi, 17 ta ishlab chiqarish maydonchasi mavjud. Bu yil korxona o‘zining 106 yilligini nishonlayapti. Hozirda "RITM" seriyasi reaktorlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, "Ritm-200M" reaktorlari O‘zbekistonda quriladigan kichik quvvatli atom elektr stansiyalari uchun ham mo‘ljallangan.

Mazkur reaktorlar O‘zbekistonda toza va arzon elektr energiyasini ishlab chiqarish, aholi va sanoat talabini qondirishga xizmat qilishi, shuningdek, butun Markaziy Osiyo energetik xavfsizligiga hissa qo‘shishi kutilyapti.

"Ritm-200N" esa "Rosatom"ning zamonaviy reaktorlaridan biri bo‘lib, u "Arktika", "Ural", "Sibir" kabi atom muzyorar kemalarda muvaffaqiyatli ishlayapti. Shu turdagi reaktorlar yerdagi kichik quvvatli AESlarda ham qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Konfiguratsiyaga qarab, ular 50-60 megavatt elektr quvvati ishlab chiqara oladi.

Rossiyada ko‘p yildan ortiq vaqtdan buyon sinovdan o‘tgan va ishonchli hisoblangan ushbu reaktorlar endi O‘zbekistonda ham ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

Press-tur davomida ikki mamlakat hamkorligiga alohida urg‘u berildi.

–Biz ishlab chiqarish imkoniyatlarimizni ochiq namoyish qilyapmiz va O‘zbekiston uchun amalga oshirayotgan ishlarimizni ko‘rsata olayapmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida uzoq yillik samarali hamkorlikka umid qilamiz, –dedi V.Pakermanov .

Shuningdek, ta’lim sohasida ham qator qadamlar tashlanmoqda. Xususan, 2019 yilda Toshkentda "MIFI" universiteti filiali ochilgan bo‘lib, u yerda kelajakda "O‘zbek AES"da ishlaydigan mutaxassislar tayyorlanmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-nDoHZvC7w4" title="Vitaliy Patermanov: Rossiyada har uchinchichiroq aynan shu" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nasiba Ziyodullayeva, Muqimjon Qodirov (video-surat), O‘zA

Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri