Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyatlarda oliy navli pilla hosili olinmoqda
09:53 / 2023-04-30

Xorazm viloyatida bahorgi mavsumda 37 ming 174 quti ipak qurti parvarishlash reja qilingan bo‘lib, ushbu ipak qurti urug‘lari jonlantirilib, 15 ming 29 ta zvenoga tarqatib berilgan. Ayni kunlarda viloyatda ipak qurti parvarishi davom etmoqda. Ipak qurti urug‘larining 3 ming 417 qutisi 2 yoshda, 27 ming 776 qutisi 3 yosh va 5 ming 981 qutisi 4 yoshda.

Mutaxassislar muntazam ravishda joylardagi ipak qurtini parvarishlash jarayonlarini kuzatib, kerakli tavsiyalarini berib bormoqda. Viloyat pillakorlari yuqori hosildorlik uchun kunu tun mehnat qilmoqda.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA