Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyatlarda kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi boshlandi (+video)
19:18 / 2025-11-20

-

Mamlakatimizda axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish va kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ular salohiyatidan to‘g‘ri foydalanish hamda raqamli sohada barqaror immunitetni shakllantirish maqsadida qator hududlarda amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, Farg‘ona shahrida ilk bor o‘tkazilgan “CTF – Capture the flag” musobaqasi Respublika “Kiberxavfsizlik markazi”, viloyat hokimligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuv doirasida seminar-treninglar, mahorat darslari va ishtirokchilar bilimlarini saralovchi kiberquizlar o‘tkazildi.

Musobaqada 40 nafar saralangan ishtirokchi 7 soat davomida veb-qurilmalardagi zaifliklarni aniqlash, kriptografiya, revers muhandislik, tarmoq tahlili, kriminalistika va stenografiya kabi yo‘nalishlardagi 11 ta topshiriqni bajarishda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Natijalar jonli monitor orqali kuzatib borildi va sara ishtirokchilar aniqlandi.

1-o‘rin — Anvarjon Solijonovga, 2-o‘rin — Muhammaddiyor Habibullayevga, 3-o‘rin esa — Shohrux Muhammadjonovga nasib etdi. 

G‘oliblar viloyat hokimligi tomonidan 20 million so‘mgacha pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musobaqa bilan hamohang ravishda Farg‘onada yirik korxonalar va tashkilotlar rahbarlari, sohaviy mutaxassislar ishtirokida seminarlar va mahorat darslari o‘tkazildi. Ularga kiberxavfsizlikning yangi tendensiyalari, sun’iy intellekt bilan bog‘liq xatarlar va kiberhujumlardan himoya mexanizmlari batafsil tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilariga IIB mas’ullari tomonidan kiberjinoyatchilikdan ogohlantiruvchi tarqatma materiallar topshirildi. Robototexnika va elektronika qurilmalari ko‘rgazmalari targ‘ibot ishlarini yanada boyitdi.

Ushbu tadbirlar qatorida Toshkent viloyatida ham “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” bo‘lib o‘tdi. Toshkent viloyati IIBB tomonidan shahar va tumanlardagi mahalla uyushmasi xodimlari uchun kibermadaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Mutaxassislar ichki nazorat, mas’uliyat, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish va ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berdilar. Shuningdek, Namanganda ham raqamli immunitetni kuchaytirishga qaratilgan seminar tashkil etildi. 

Kosonsoy tumanida mahalla yetakchilari va faollari uchun o‘quv-seminar o‘tkazilib, internetdagi firibgarlik sxemalari, parollar muhofazasi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bolalarni onlayn xatarlardan asrash kabi dolzarb mavzularda amaliy ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Buxoro viloyatida ham IIB va Soliq inspeksiyasi hamkorligida aholi va tashkilotlar uchun targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Uchrashuvlarda kiberjinoyatlarning keng tarqalayotgan turlari, firibgarlarning yangi usullari, xavfsiz onlayn faoliyat uchun tavsiyalar yoritib berildi.

Shu tariqa viloyatlar kesimida o‘tkazilayotgan mazkur ma’rifiy tadbirlar kiberxavfsizlik sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, aholida raqamli madaniyatni oshirish hamda mamlakatimizda axborot xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirish, ularni zamonaviy tahdidlarga tayyorlash va kelajakda milliy kiberxavfsizlik tizimining ishonchli tayanchiga aylanishiga turtki bo‘ladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bDXimemOJ_A" title="Viloyatlarda kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, U.To‘xtayev, O‘zA