Viloyatlar o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Mamlakatimiz hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Bu masala O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan strategiya muhokamasida qayd etilgan.
Haqiqatan ham, hozir yirik shaharlarimizdan faqat Toshkentga aviaqatnov bor. Deylik, Termizdan Farg‘onaga yoki Samarqanddan Nukusga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘q. Samolyotda bormoqchi bo‘lgan odam albatta Toshkent orqali uchishiga to‘g‘ri kelyapti.
Shuning uchun endi Qoraqalpog‘iston va viloyatlar o‘rtasida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu safarlarni osonlashtirib, ichki turizm rivojiga katta turtki beradi.
Umuman, turizm strategiyasida xorijiy turistlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkazish hamda yuqori daromadli sayyohlarni jalb etish maqsad qilinmoqda.
O‘zA