French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyatda zamonaviy tug‘uruq kompleksi foydalanishga topshirildi
17:01 / 2023-03-07

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati perinatal markazining tug‘uruq bo‘limi mukammal ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, hudud faollari, shifokorlar qatnashdi.

Tadbirda so‘z olganlar ushbu tibbiyot maskanida ko‘p yillar aholiga xizmat qilishi, tug‘ilajak farzandlar esa oilalarga baxt olib kelishi va barkamol, vatanparvar yigit va qizlar bo‘lsin, deb tilak bildirdi. Shundan so‘ng viloyat faollari ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar shahardagi 1 yilda 6 ming nafar tug‘ish yoshidagi ayollar uchun xizmat ko‘rsatadigan kompleksda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

210 o‘rinli mazkur majmuada asosan viloyatdagi homiladorlik yoki tug‘ruq davri asoratlangan hamda ekstragenital kasalliklari mavjud hamda homila muddati 32 haftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga malakali xizmat ko‘rsatiladi. Perinatal markazda tibbiy xizmat “Ona va bola klasteri” tizimiga asoslangan. Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan yangidan bunyod bo‘lgan bo‘lim barcha tegishli tibbiy asbob-anjomlar, jumladan, avtomobillar ham bilan ta’minlangan bo‘lib, shahar va tumandagi tug‘uruq muassasalariga chaqiruv asosida ham xizmat ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, binoda konsultativ poliklinika o‘z ishini boshlaydi.  

A.Musayev, O‘zA.