Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Tayinlov
Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Mamajonov Shohruhmirzo Olimjonovich tayinlandi.
Shohruhmirzo Mamajonov 1982 yili Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida sog‘liqni saqlash tizimida mutaxassis, uslubchi vrach, bo‘lim boshlig‘i, mudir, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Shohruhmirzo Mamajonov ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
O‘zA