Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat sektor rahbarlari aholi va tadbirkorlar bilan uchrashdi
11:57 / 2022-07-16

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Karmana tumanining “Arg‘un” mahallasi tadbirkorlari bilan uchrashdi hamda ularning muammo va takliflarini tingladi.

Viloyat rahbari dastlab qurilishi tugallanmagan savdo majmuasida bo‘lib, savdo do‘konlari egalari bilan fikr almashdi. Tadbirkorlar tomonidan ushbu savdo majmuasining faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator takliflar berildi.


Shuningdek, viloyat rahbari “Arg‘un” mahallasidagi “Nurdiyor avtostansiyasi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

O‘rganish davomida avtoturargoh rahbari, taksi haydovchilarining muammo va takliflari tinglandi hamda ushbu takliflardan kelib chiqqan holda ushbu avtoturargoh faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

***

Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov Qiziltepa tumanidagi “Paxtaobod” mahallasi aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla ahli o‘zlarini qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Sayyor qabulda 40 ga yaqin fuqarolarning muammolari, murojaatlari va takliflari tinglanib, ularning barchasi nazoratga olindi.

***

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i Azat Tasbayev tomonidan Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy” mahallasida tuman hokimi, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda fuqarolarning yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va tibbiyot, moddiy yordam singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Qabulda 37 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, 21 nafarining murojaati joyida hal etildi. 9 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 7 nafar fuqaroning murojaatlari ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

***

Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Botiraliyev ishtirokida Uchquduq tumanining “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini va “Qulquduq” ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi, 2 tasiga huquqiy maslahatlar berildi va 5 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, A.Botiraliyev “Obod mahalla” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA