Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan muloqot qildi
16:49 / 2024-07-22

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning “Tadbirkorlar kengashi” a’zolari hamda xorijiy va mahalliy investorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida o‘tkazilgan muloqotda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov 100 nafardan ziyod tadbirkorni birma-bir qabul qilib, ularni qiynayotgan muammolarni atroflicha eshitdi.  

[gallery-18365]

Viloyat rahbariga tadbirkorlar tomonidan qo‘yilgan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Shuningdek, qabul jarayonida bir qator yangi loyihalar muhokama etildi.

Muloqotda boshqa mazmundagi murojaatlar ham tinglanib, hal etish choralari ko‘rildi. Viloyat hokimi ular yuzasidan tegishligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.  

Viloyat rahbari shuningdek, tuman hududidagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasidagi “Orom fayz metall” MCHJ faoliyati bilan ham tanishdi.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA