Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat rahbari aholi muammolarini o‘rgandi
15:24 / 2023-12-12

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning aholi bilan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni joyida hal etishga keng imkoniyat yaratayotgani sir emas. Qabul jarayonida viloyat rahbari har bir mutasaddidan aholi bilan ishlashda jiddiy mas’uliyat talab qildi.

Qabul davomida shahar va tumanlardan kelgan fuqarolarning moddiy yordam, salomatlikni tiklash, uy-joy, ta’lim kontrakti, kredit va yer olish, kadastrga oid masalalarda qilgan murojaatlariga o‘z o‘rnida yechim berishga e’tibor qaratildi.

[gallery-15032]

Sayyor qabulda ikki yuzdan ortiq fuqaro murojaati tinglanib, muammoli masalalar boshqarmalar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati o‘z o‘rnida hal etildi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA