Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat prokurori yoshlar bilan uchrashdi
12:42 / 2026-02-01

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatida “Yoshlar — bizning bugunimiz, ertamiz va kelajagimiz” mavzusida viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim muassasalari o‘quvchilari, talabalar, faol yoshlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Viloyat prokurori o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarni qonunbuzarlikdan asrash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish muhim vazifa ekanini qayd etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bandlik, ta’lim, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda huquqiy masalalar yuzasidan atroflicha javoblar oldilar. Ilgari surilgan taklif va tashabbuslar mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilishi ta’kidlandi.

[gallery-27411]

Yakunda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, tashabbuskor yoshlarga viloyat prokurori tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Qayd etilganidek, bunday ochiq muloqotlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA