Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat prokurori Sirdaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
13:20 / 2023-04-04

Tadbirda ko‘plab masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ularning 14 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan 16 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi. Ko‘chma savdo yarmarkalarini tumanning barcha mahallalarida tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kun davomida milliy sportning kurash turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi ham o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sh.Suyarov, O‘zA