French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi yangi binoda ish boshladi
15:13 / 2025-07-09

Termiz shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, faollar, ijtimoiy himoya tizimi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Prezidentimiz tashabbusi bilan kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar va nogironligi bor insonlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan yuksak e’tibor aholining munosib turmush kechirishida yaxshi samaralar berayotganini ta’kidladi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Yangi qiyofada qad rostlagan binoni kapital ta’mirlash, moslashtirish va zamonaviy ish sharoitlarini yaratish uchun 5 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflanib, aholining ehtiyojlariga mos keng imkoniyat yaratildi. Binoga keluvchilarga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur infratuzilma, axborot tizimlari va boshqa qulayliklar barpo etildi.

Ko‘p qavatli binodan Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari uchun ham zamonaviy usulda jihozlangan shinam xonalar ajratilgan. Nogironligi bor shaxslarning bu yerga hech bir to‘siq va qiyinchiliklarsiz kirib-chiqishi uchun qulay sharoit yaratilgan. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri