Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimlari boshchiligida tashkil etilgan farmatsevtika kengashlari faoliyati ham ko‘rib chiqildi
15:05 / 2024-01-29

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari viloyat hokimlari boshchiligida tashkil etilgan farmatsevtika kengashlari faoliyati ko‘rib chiqildi.

Hali birorta hududda ushbu kengashlar amaliy ishlarni boshlamagani qayd etildi.

Mahalliy dorilarni ro‘yxatga olish jarayonida byurokratik to‘siqlarni tugatish, sohada korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish zarurligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.

Yaqinda farmatsevtika sohasida qabul qilingan 1,9 milliard dollarlik loyihalar dasturi bo‘yicha amaliy ishlarni tezroq boshlash zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.

 

O‘zA