Namangan viloyat hokimining tegishli qarori bilan Sherzod Jo‘raxonovich Tursunov viloyat hokimining raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Baxtiyor Oxunboboyevning o‘rnida ish boshladi.
Sherzod Tursunov 1987 yili Namangan viloyati Pop tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010 yili Namangan davlat universiteti huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi pedagog. Mehnat faoliyatini 2010 yilda Namangan viloyati o‘simliklarni himoya qilish markazida yuriskonsult sifatida boshlagan.

Shuningdek, Namangan qurilish va dizayn kolleji, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati kengashlari, Namangan viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarda ish olib borgan.
Sherzod Tursunov yangi tayinlovga qadar respublika “IT Park” Namangan viloyati filialining loyihalar bo‘yicha bosh menejeri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.