Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi yoshlar bilan uchrashdi
19:03 / 2020-07-04

Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida viloyat hokimi Ergash Soliyev yoshlar bilan uchrashdi.


Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida viloyat hokimi Ergash Soliyev yoshlar bilan uchrashdi. Unda yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va hamkor tashkilot rahbarlari hamda hududdagi yoshlar Zoom dasturi orqali onlayn tarzda ishtirok etdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarning bilim olishi va ish bilan taʼminlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. “Yoshlar oyligi”da rejalashtirilgan madaniy-ommaviy tadbirlar karantin talablariga rioya qilingan holda yuksak saviyada oʻtkazilganligini eʼtirof etdi.

Jumladan, oylik doirasida “Saxovat va koʻmak” xayriya aksiyasi oʻtkazilib, barcha shahar va tumanlarda kam taʼminlangan oilalarning, yolgʻiz qariyalarning holidan xabar olindi va ehtiyojmandlarning uylari taʼmirlab berildi. “5 ta tashabbus uyda”, “Koronavirus va yoshlar” onlayn uchrashuvlari, kitoblar taqdimoti kabi tadbirlarda yoshlar faol ishtirok etdi.

photo_2020-07-04_19-01-57.jpg

Shuningdek, oylik davomida oʻtkazilgan frilanserlikni rivojlantirishga qaratilgan “Zamonaviy kasblar“ mavzusidagi onlayn master klasslar, “Biznesni boshqarishda muvaffaqiyat va magʻlubiyat omillari” mavzusidagi onlayn vebinar, “General va yoshlar” onlayn uchrashuvlarda yoshlar katta qiziqish va faollik bilan qatnashdi. ”Yozni “Kamalak” bilan" loyihasi doirasida viloyatdagi oʻquvchilar yozgi oromgohlarda dam olayotgan sardobalik bolalar uchun koʻngilochar va badiiy dasturlar namoyish etdi.

Uchrashuv yoshlarning viloyat hokimi Ergash Soliyev bilan samimiy muloqoti tarzida oʻtdi. Yoshlar Jizzax shahrida oʻzbek jang sanʼati sportiga zamonaviy sport majmuasi bunyod etish, viloyatda hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarning qishloq xoʻjaligi sohasida Germaniya davlati bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyishda koʻmak berish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi. Ushbu yoʻnalishdagi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Uchrashuv yakunida turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlarning bir guruhi viloyat hokimi va yoshlar ittifoqining qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.