Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashdi
16:19 / 2024-01-31

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov xitoylik investorlar vakillari hamda viloyat tadbirkorlar Kengashi a’zolari bilan uchrashdi.

Viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, tijorat banklari va daxldor idoralar mutasaddilari ishtirokidagi tadbirda 2024 yil uchun mo‘ljallangan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalari xususida so‘z bordi.

Dastlab ayni paytda tijorat banklarida mavjud xorijiy kreditlar haqida batafsil ma’lumot berildi. So‘ng tadbirkorlarning bank va boshqa sohalar bilan bog‘liq masalalari batafsil o‘rganildi.

[gallery-15715]

Viloyat rahbari tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni tinglab, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Muhokamada shahar va tumanlarning 2024 yil uchun chet el investitsiyalarini o‘zlashtirishi holati, hududlarda faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalarning bugungi kundagi muammolari va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilindi. Bu borada hokimlarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, Namanganda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati o‘rganilib, hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

Yakunda viloyat prokurori U. Madrahimov hamda IIB boshlig‘i Sh. Aliyev tadbirkorlikni rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda qonun ustuvorligini ta’minlash haqida to‘xtaldi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA