Viloyat hokimi “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ta’lim sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Nishonni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Azizbek Turdiyev topshirdi va so‘zga chiqib ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor, xususan, mahalliy hokimlik mablag‘lari hisobidan umumta’lim maktablarida amalga oshirilgan ishlardagi tashabbusi va xizmatlarini alohida e’tirof etdi.


Viloyat hokimi berilgan e’tibordan ruhlanib, bundan buyon ham yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi beminnat xizmatlarini davom ettirishini, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar og‘ishmay ish tutishini bildirdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.