FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov To‘raqo‘rg‘on tumanida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Ma’lumki, har yili mamlakatimizda 20 avgust sanasi Tadbirkorlar kuni sifatida nishonlanib, shu kuni davlatimiz rahbarining ishbilarmonlar bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.
Viloyat hokimi unga qadar barcha tumanlarda mahalliy va xorijiy investorlar bilan muloqotda bo‘lib, mavjud muammolar bo‘yicha murojaatlarni tinglamoqda. Maqsad, shu yerning o‘zida yechimi topiladigan masalalarni hal etish hamda respublika darajasiga olib chiqiladiganlarini ro‘yxatga olishdan iborat.
[gallery-8163]
Uchrashuvda murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimiga ega bo‘ldi. Xususan, to‘raqo‘rg‘onlik Munira Odilova foydalanilmay turgan masjid binosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochgan bo‘lib, murojaatiga ko‘ra, uning binoga egalik huquqini olish bo‘yicha masalasini hal qilish tuman hokimiga yuklatildi.
Umid Holiqov Norin tumanidagi Oq oltin mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida “Xalq banki”dan olgan 300 million so‘mdan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Hozircha 15 ta ish o‘rni yaratgan. Uning elektr energiyasi ta’minoti masalasidagi muammosi mutasaddilar tomonidan hal etib beriladigan bo‘ldi.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar