Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov bir guruh soha mutaxassislarini tabrikladi.
Tadbirda viloyat qurilish boshqarmasi xodimlari, sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda viloyatda amalga oshirilayotgan izchil bunyodkorlik ishlari tufayli hududlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, aholiga yanada qulaylik yaratilmoqda. Tuman-shaharlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan zamonaviy turar joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari birin ketin foydalanishga topshirilishi quruvchilarning zalvorli mehnati tufaylidir.
Toshkent viloyati ham qurilish va bunyodkorlik maydoniga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida 3,9 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,2 foizni tashkil etdi. Xususan, 2021 yil Investitsiya, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlarini qurish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha 63 ta maktabgacha ta’lim muassasasilarida 13,8 milliard so‘mlik, 68 ta maktablarda 23,2 milliard so‘mlik, 12 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlarda 17,3 milliard so‘m, 13 ta ichimlik va oqava suvi ob’ektlarida 15,8 milliard so‘m va 57 ta avtomobil yo‘llari ob’ektlarida 93,3 milliard so‘mlik ishlar bajarildi.

Viloyat bo‘yicha davlat dasturlari doirasida jami 330 ta ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlarida qurish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Prezidentimizning 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asosslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’mintashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ viloyat filiali tomonidan 1 ming 646 ta, tadbirkorlar tomonidan 5 ming 26 ta xonadonli 150 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilmoqda. Birgina Chirchiq shahrida 38 ta 7, 9, 12, 16 qavatli 2 ming 351 xonadonli uy-joylar barpo etilayotir.
Bundan tashkari, Nurafshon shahrida Prezident maktabi, Toshkent Davlat axborot texnologiyalari instituti filiali, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat sudi ma’muriy binolari, Zulfiya bog‘i, maktabgacha ta’lim muassasasi, kutubxona, ko‘p qavatli uylar qurilmoqda.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi D.Hidoyatov soha zahmatkashlariga esdalik sovg‘alar topshirdi.
A.Musayev, O‘zA