English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashdi
07:15 / 2022-12-30

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Quva tumanida bo‘lib, tuman qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, mexanizatorlar, fermerlar bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, dehqonchilik uchun murakkab bo‘lgan 2022 yilda paxtachilikda, g‘allachilikda va meva-sabzavot yetishtirishda yuqori natijalarni qayd etgan soha vakillariga takror o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

[gallery-10135]

Uchrashuvda viloyat rahbari shudgorlash ishlarining to‘la yakunlanganligi, dalalarda g‘allalar bir tekis unib chiqqanligi, yuqori hosildorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining yangi mavsumga shayligi kelgusi yilga xotirjam qadam qo‘yishga imkon berishini qayd etdi.

Xayrullo Bozorov kelasi 2023 yil viloyatda qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashuv yili bo‘lishini ta’kidlab, barcha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlili o‘tkazilishi va dalalarning agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Bunda ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasiga muvofiq, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy asoslangan talab, shuningdek, tuproqning sho‘rlanish darajasiga qarab melioratsiya qilish rejalari ishlab chiqiladi. Paxtachilikda bunday yondashuv bilan gektaridan 50 sentnerdan hosil olish kelgusi yil viloyat fermerlari uchun asosiy maqsad bo‘lishi qayd etildi.

Tadbir yakunida yil davomida samarali mehnat qilgan mexanizatorlar, fermerlar va ishchilarga sovg‘alar topshirildi.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA