Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi qishloq aholisi muammolarini o‘rgandi
09:18 / 2019-11-04

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Sherobod tumanidagi Maydon mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.


Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Sherobod tumanidagi Maydon mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar, idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari ishtirok etgan ochiq muloqotda qishloq odamlarining muammolari o‘rganildi.
Sayyor qabulda hududdagi mahallalarning aholisi asosan kommunal soha, yo‘l qurilishi, tibbiy xizmat, ta’lim tizimiga bog‘liq masalalar bilan murojaat etdi.

photo5330422094057548868.jpg

– Qishlog‘imiz yo‘llari yog‘ingarchilik va sellar oqibatida nosoz holga kelib qolgan, – deydi 34-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi A. Otamurodov.–Talim muassasamizda kompyuter texnikasi, sport anjomlari, musiqa asboblari yetishmaydi. Bu o‘quvchilarimizning mazkur talim yo‘nalishlarini yanada chuqur o‘zlashtirishiga o‘z ta’sirini o‘tkazayotir.

Ochiq muloqotda ana shu muammomizni o‘rtaga tashlagan edik, viloyat hokimi uni qisqa vaqtda hal etib berishni va’da qildi. Mutasaddilarga masalani yechish bo‘yicha topshiriq berib, ijrosini nazoratga oldi. Ko‘p yillik muammomiz yechim topganidan juda xursand bo‘ldik.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyat hokimi vohaning Uzun, Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Boysun kabi tumanlardagi markazdan uzoqda joylashgan chekka va tog‘li qishloqlarda ochiq muloqotlar tashkil etdi. Aholini o‘ylantirayotgan muhim masalalar yechimiga alohida e’tibor qaratib, yuzaga kelgan muammolarni o‘rgandi. Bunday tadbirlar odamlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonch hissini yanada mustahkamlab, chekka, olis hududlardagi aholining bugungi hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilayotir.

Sherobod tumanidagi tog‘li mahallada tashkil etilgan sayyor qabul ham ana shunday ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Shu kuni murojaatchilar o‘rtaga tashlagan ko‘plab masalalar joyida hal etildi. Malum muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning bajarilishi qatiy nazoratga olindi.