English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi Paralimpiya chempionining ota-onasiga: Ming rahmat, shunday farzand o‘stirganingizga! (video)
20:28 / 2021-08-28

Ayni kunlarda Yaponiyada davom etayotgan “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan chustlik hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

E’tiborlisi shundaki, Nozimaxon bundan to‘rt yil avvalgi nufuzli musobaqa - "Rio-2016" yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Ushbu tarixiy g‘alabadan xabar topgan Namangan viloyati hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosim vaqtida chempionning ota-onasi bilan telefon orqali muloqot qilib, tabrigini yetkazdi.

Nozimaxonning yutug‘i davlatimiz mustaqilligining 30 yillik to‘yiga munosib to‘yona bo‘ldi. Butun viloyatimiz ahli nomidan sizlarni ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman! Shunday farzand o‘stirganingiz uchun ming rahmat!, - dedi viloyat rahbari.

Ta’kidlash joizki, Paralimpiya o‘yinlarida Namangan viloyatidan to‘rt nafar sportchi – Nozimaxon Qayumova, mingbuloqlik Nurxon Qurbonova (para yengil atletika), Feruz Saidov va Dovur Karamatov (paradzyudo) himoya qilishmoqda.

Quvonarlisi, Para dzyudo bahslarida ishtirok etgan Feruz Sayidov 73 kg. vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lib, Paralimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi. Dovurxon Karomatov esa 81 kg. vazn toifasida kumush medalga loyiq ko‘rildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA