Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan uchrashdi
17:52 / 2022-12-31

FOTOREPORTAJ

Gulistonda “Oqila ayollar” harakatining yil sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev, hamkor tashkilotlar vakillari, xotin-qizlar faollari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Viloyat rahbari o‘z nutqida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlab, ularning muammolari, dardu tashvishlari bilan shug‘ullanadigan adolatli va samarali tizim yaratilganini aytib o‘tdi.

[gallery-10161]

Tadbirda «Oqila ayollar» harakati a’zolari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan keng ma’lumot berildi. Yakunda bir guruh faollarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Konsert dasturi esa tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.  

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA