Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi Norin tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
14:00 / 2021-08-10

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Norin tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda viloyat hamda tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi vakillari, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.  

Sayyor qabul davomida fuqarolardan uy-joy, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, gaz va elektr ta’minoti, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Viloyat rahbari barcha masalalarni birma-bir o‘rgandi. Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.  

Hotam MAMADALIE (surat), O‘zA