Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi maktabga kompyuterlar sovg‘a qildi
17:20 / 2023-09-30

Bugungi kunda qaysi soha ekanligidan qat’iy nazar, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga ehtiyoj ortib bormoqda.

Namanganda o‘quvchi-yoshlarlarning kompyuterda ishlash qobiliyatini shakllantirish, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini e’tiborga olgan holda viloyat hokimi tomonidan Chust tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabi uchun 15 dona orgtexnika vositalari jamlanmasi taqdim etildi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi maktab binosining eskirib qolgan binosini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratib, qisqa muddatda binolarning tashqi va ichki tomoni  rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurib berildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Chust tumani hokimligi mutasaddilari hamda maktab pedagoglari jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari qatnashdi.

– “2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da maktabimizda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Viloyatimiz rahbarining sa’y-harakati bilan bilim maskanimiz qayta qurildi, – deydi maktab direktori Asatillo Glapov. – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida sinf xonalarimiz so‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlandi. Bundan nafaqat maktab ma’muriyati, balki o‘quvchilar, ota-onalar behad xursand bo‘ldi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri.