Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashdi
15:13 / 2023-10-24

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda dastlab madaniyat tizimida ijod qilib, viloyat nomini dunyoga tanitgan ustoz san’atkorlar yodga olindi. Shu bilan birga, ayni paytda o‘z ijodi bilan xalqimiz ko‘nglidan joy egallagan soha fidoyilari e’tirof etildi.  

[gallery-14186]

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda viloyatda madaniyat va san’at sohasi yo‘nalishida 1 ta teatr, 2 ta ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktabi, 22 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘linmasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi, maqom ansambli, 1 ta viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning hududlardagi 12 ta filiali, 14 ta tuman madaniyat bo‘limi, 81 ta madaniyat markazi, 12 ta madaniyat va istirohat bog‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. Soha vakillari safida davlat mukofotlari sohiblari yil sayin ortmoqda.

Muloqot davomida raqs to‘garagi va boshqa yo‘nalishlarda qamrov sonini oshirish, ulardagi o‘quvchilar va ustozlarni tuman, viloyat, respublika ko‘rik tanlovlariga olib chiqish hamda mavjud muammolar yuzasidan so‘z yuritildi.

Viloyat hokimi bugungi kunda san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritib, ushbu berilayotgan imkoniyatlardan soha vakillari unumli foydalanishi lozimligini ta’kidladi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA