Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi “Kelajak liderlari” klubi a’zolari bilan uchrashdi
11:32 / 2021-08-27

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Kelajak liderlari” klubiga a’zolik uchun tashkil etilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi. Unda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tanlovga hujjat topshirgan 807 nafar nomzod 4 bosqichli saralash jarayonlarida qatnashdi. Ulardan 50 nafari “Kelajak liderlari” klubi a’zoligiga qabul qilindi. A’zolarning 28 nafari davlat xizmatchilari, 22 nafari talaba-yoshlardan iborat.

[gallery-3613]

Uchrashuvda viloyat rahbari iqtidorli yoshlarga ishonch bildirib, yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida omad tiladi.

Tadbirda  “Kelajak liderlari”ga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir so‘nggida klubning tashkiliy tuzilmasi shakllantirildi. Saralangan yoshlar orasidan klub faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Klub prezidenti”,  “Vitse prezident” vazifalariga nomzodlar ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Klub a’zolarining kelgusidagi rejalari belgilandi.

 

 

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA