Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi jazo o‘tayotgan shaxslarni yo‘qladi
12:28 / 2026-01-02

Samarqand viloyat hokimi A.Boboyev Yangi yil munosabati bilan tuman va shaharlarda bo‘lib, nuroniylar va faollar, bemorlar va ehtiyojmand oilalar, bemorlar holidan xabar oldi, ularni bayram bilan tabrikladi.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Yakkabog‘ mahallasida uy-joyga ehtiyojmand, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar uchun homiylik asosida qurilgan 14 xonadonda istiqomat qilayotgan onalar va ularning farzandlari yashash sharoiti bilan tanishib, ularga bayram sovg‘alari ulashdi. Bu yerda yashayotgan xotin-qizlar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va doimiy ish bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Mahallada tashkil etilgan ayollar sog‘lomlashtirish markazi singari maskanlarni ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat hokimi Samarqand shahrida ma’muriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonada jazo o‘tayotgan fuqarolarni bayram bilan tabrikladi.

– Bilaman, sizlar Yangi yilni shu yerda kutib olayotganingizdan afsusdasiz, buni kutmagansiz va, albatta, bundan tegishli xulosa chiqarib ham olgansiz, – dedi A.Boboyev. – Xato qilmaydigan inson yo‘q, hamma gap bu xatolardan xulosa chiqarishda. Bundan buyon Yangi yilni doim oila bag‘rida, ota-ona, farzandlar bilan birga nishonlab yuring.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri