English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi IIB profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
15:14 / 2026-02-05

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida xizmat samaradorligini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Murotjon Azimov Muborak tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi, tumanda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilish masalalarini muhokama qildi.

Yig‘ilish davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda profilaktika inspektorlarining roli katta ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda profilaktika inspektorlari xizmat faoliyati davomida uchraydigan kundalik va maishiy muammolari ham tinglanib, ularni hal etish choralari belgilandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri