Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi g‘o‘zadan yuqori hosil olish bo‘yicha fermerlarga ko‘rsatma berdi
12:56 / 2021-08-15

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uchqo‘rg‘on tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarning borishini o‘rgandi.

Viloyat rahbari “Yashiqobod xalq xizmatida”, “Baxt mash servis”, “Ijodkor Tex Servis”, “O‘zbekiston”, “Qo‘g‘aylik Ismatullayev”, “Oydin Nurobod”, “Mehnatobod Dehqonobod” MMTP hududlaridagi paxta yetishtirilayotgan ekin maydonlarida bo‘lib, paxta ekini rivojini ko‘zdan kechirdi.

Joriy yilda tumanda 9436 gektar maydonda 39276 tonna paxta xomashyosi yetishtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda fermerlar g‘o‘zani sifatli kultivatsiya qilish, begona o‘tlardan tozalash, vaqtida sug‘orish, chekankani kechiktirmasdan amalga oshirish kabi muhim agrotexnik tadbirlarga alohida e’tibor qaratgan.

Viloyat hokimi fermer xo‘jaliklari rahbarlariga har bir g‘o‘zadan sifatli paxta hosili yetishtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berdi. Bu borada fermer Gulxumor Tog‘ayevaning samarali faoliyatiga alohida to‘xtaldi.

Gulxumor Tog‘ayevani nafaqat Namanganda, balki mamlakatimizda ham ko‘plar yaxshi taniydi. Opa bor bilimi, kuch-quvvati, iqtidorini ona-yurt ravnaqiga baxsh etayotgani bois shunday yuksak e’tirofga musharraf bo‘layotir.

Yangiyer qishlog‘ida opa boshchiligida sport majmuasi, maktab, bolalar bog‘chasi, xususiy shifoxona, dorixona kabi qator ob’ektlar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, fermer opa tasarrufidagi yuqori hosilli paxta, g‘alla maydonlari, mevasidan bol tomadigan bog‘lar, qulupnayzor, polizlar, chorvachilik majmuasi, hosili eksportga ketayotgan issiqxonalar, yuzdan ortiq xorij texnikalari, zamonaviy sexlariga ega texnika parki, barcha-barchasi bugun Yangiyer qishlog‘i iqtisodiyotining yuksalishiga, aholi turmush farovonligiga xizmat qilayotir.

[gallery-3420]

Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA