FOTOREPORTAJ
Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashdi. Qabulda 200 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.
Yurtimizda xalq murojaatlari bilan ishlash borasida asos solingan yangi tizim – ijtimoiy adolatni ta’minlash borasida o‘zbekona hayot falsafasi va milliy davlatchilik maktabiga xos barhayot an’analarning yangi taraqqiyot bosqichi bo‘lishi bilan birga, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda.
[gallery-10660]
Fuqarolar asosan, toza ichimlik suvi ta’minoti, kredit, moddiy yordam olish, yer munosabatlari, tibbiy xizmat, ish bilan ta’minlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Qabul chog‘ida ko‘tarilgan masalalarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA