French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi Boyovutda sayyor qabul o‘tkazdi
20:46 / 2022-10-15

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligida Boyovut tumani "Qaropchi" mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Viloyat sektor rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar mas’ullari, tumandagi mutasaddilari ishtirok etgan qabulda yuzga yaqin murojaatlarga yechim izlandi.

Qabulda moddiy yordam olish, kredit ajratishda ko‘maklashish, sud-huquq, yo‘l qurilishi, suyultirilgan gaz ta’minoti va boshqa bir qator masalalar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Tumanning Amir Temur mahallasida yashovchi T.Nurmatova turmush o‘rtog‘i betobligi, shu sababli uyining tom qismini yopishda moddiy jihatdan qiynalayotganini aytib, yordam so‘radi. Murojaatchining muammosi ko‘rib chiqilgach, moddiy ko‘mak berish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.

— Akam oqqon kasalligi bois, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanyapti, – deydi Sh.Saydullayev. – U sog‘ligini tiklashi uchun dori-darmon kerak. Shu masalada viloyat hokimiga murojaat qildim. Tegishli soha xodimlariga topshiriq berildi, ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.  

Sayyor qabulda boshqa bir qator murojaatlar ham eshitilib, ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi. Ayrim masalalarni joyiga borib o‘rganish zarurligi bois, tegishli mutaxassislar bilan birgalikda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Shuningdek, ayrim fuqarolarga zarur tavsiya va ma’lumotlar berildi.

"Temir daftar"da turgan 10 nafar xotin-qizga "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi pul mablag‘i hisobidan zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Sh.Suyarov, O‘zA