Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi
13:03 / 2024-05-05

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Baliqchi tumanidagi Navnihol, Siza, Nasriddinobod, Mallachek hamda Tulkiobod mahallalarida yashovchi maktab bitiruvchilari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Umumta’lim maktablari bitiruvchilari, mahallalarda ish olib borayotgan yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuvda viloyat hokimi keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, xususan, bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda olib borilayotganligini aytib o‘tdi. 

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, joriy yilda Andijon viloyatidagi 765 ta maktabni jami 33 ming 774 nafar o‘quvchi tamomlaydi. Ularni ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish va bandligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan, bitiruvchilarning 22 ming 39 nafari oliy o‘quv yurtlariga, 2 ming 180 nafari texnikum va kollejga o‘qishga kirish, 2 ming 317 nafari hunarmandchilik bilan shug‘ullanish, 257 nafari korxona va tashkilotlarda ishlash, 4 ming 176 nafari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, dehqonchilik qilish va boshqa mehnat turlari bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. 

Viloyat hokimi bitiruvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotda ularning kelajak orzu intilishlari, taklif va tashabbuslarini eshitdi. Maktabni bitirgan yoshlarning kelgusida turli ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi yoki biror ish bilan band bo‘lishi doimiy nazoratga olinishini aytib o‘tdi. Bitiruvchilar uchun viloyatdagi oliy o‘quv yurtlariga sayohatlar tashkil etish, umuman, bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. 

[gallery-17273]

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi bilimi, hulqi va odobi, faolligi bilan tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan bir guruh bitiruvchi yigit-qizlarga o‘zining esdalik sovg‘alari – noutbuk va planshetlarni topshirdi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari