Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viloyat hokimi bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi
14:58 / 2022-06-17

Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bitiruvchi talabalari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida viloyat rahbari mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ayniqsa, ularni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

[gallery-7612]

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’limga qamrab olish, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina Andijon viloyatida bundan 2 yil avval to‘rtta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 25 ming nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunda viloyatda 8 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 50 ming nafarga yaqin talaba o‘qimoqda. Viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarida talabalarning o‘qib, puxta bilim olishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 

Muloqotda joriy o‘quv yilida mazkur institutni 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tamomlayotgan 420 nafar talabani o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasi atroflicha muhokama etildi. Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqotda viloyat hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi. Uchrashuv so‘nggida mutasaddilarga yosh mutaxassislarni tegishli tashkilotlarga ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, viloyat hokimi va talabalar uchrashuvi Andijon davlat universiteti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida ham bo‘lib o‘tdi. 

F. Ubaydullayev, 
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA